Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Vinisius Junior «Malyorka»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Vinisius Junior «Malyorka»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior «qaymoqranglilar»ning «Malyorka»ga qarshi bo‘lajak o‘yinini o‘tkazib yuborish xavfi ostida. Bu haqda As nashri xabar bermoqda.

Avvalroq OAVda hujumchi Braziliya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lgan vaqtida o‘zini noqulay his qilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Vaziyat u qadar jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi — Vinisiusga toliqish tashxisi qo‘yilgan. Shunga qaramay, hujumchiga dam olish kuni berilganiga qaramay, u payshanba kuni jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi muhim bahs oldidan forvardni ehtiyot qilish niyatida.

Joriy mavsumda Vinisius barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:34, 02.04.2026.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик