Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» Gvardiolaning kelajagi borasidagi qarorni murabbiyning o‘ziga qoldirdi

«Manchester Siti» Gvardiolaning kelajagi borasidagi qarorni murabbiyning o‘ziga qoldirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga o‘z kelajagi borasida bir qarorga kelish imkoniyatini to‘liq o‘z ixtiyoriga qoldiradi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Gvardiolaning o‘rnini egallashga asosiy nomzod sifatida hamon Londonning «Chelsi» klubi sobiq ustozi Enso Mareska ko‘rilmoqda. «Manchester Siti» mutasaddilari «Bavariya» boshqaruvida turgan Vensan Kompanini taklif qilish haqidagi mish-mishlarga qaramay, Mareskaning imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda.

Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Premyer-liganing joriy mavsumida «shaharliklar» 30-turdan so‘ng turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borishmoqda. Klub hisobida 61 ochko mavjud bo‘lib, peshqadam «Arsenal» bilan farq to‘qqiz ochkoni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 13:14, 03.04.2026.
O'qildi: 393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик