Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kompani Keynning jarohati haqida ma’lumot berdi

Kompani Keynning jarohati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa hujum chizig‘i yetakchisi Harri Keynning holati haqida ma’lumot berdi. Markaziy hujumchi Angliya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lgan vaqtida jarohat olgan edi.

«Keynning to‘pig‘ida muammolar bor. U «Frayburg»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Ammo biz Harri seshanba kuni «Real» bilan bo‘ladigan bahsgacha safga qaytadi deb umid qilamiz», — deya belgiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida 32 yoshli hujumchi 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Angliyalik futbolchi o‘z hisobiga 31 ta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

«Frayburg» — «Bavariya» uchrashuvi shanba kuni, 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:45, 03.04.2026.
O'qildi: 826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик