Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kompani: "Frayburg" o‘z maydonida juda kuchli"

Kompani: "Frayburg" o‘z maydonida juda kuchli"

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya chempionati doirasidagi "Frayburg"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu jamoa juda intensiv o‘ynaydi va o‘z uyida haddan tashqari kuchli. Ularda o‘z kuchiga ishonadigan va gol urishni biladigan futbolchilar bor. Zich taqvimga qaramay, ular barqarorlikni saqlab qolishmoqda — ham yevrokuboklarda, ham Bundesligada bir xil barqaror o‘ynash hammaga ham nasib etavermaydi. Bu o‘yin uchun bizga katta kuch va energiya kerak bo‘ladi", — deya Kompanining so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Germaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan "Frayburg" va "Bavariya" o‘rtasidagi uchrashuv 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanishi belgilangan.

Kiritildi: 14:42, 03.04.2026.
O'qildi: 516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик