Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa: "Vinisius charchagan"

Arbeloa: "Vinisius charchagan"

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorning jismoniy holati haqida ma’lumot berdi.

"U bilan hammasi joyida, lekin u charchagan. Karlo Anchelotti unga dam bermadi. Braziliya terma jamoasidagi talablar "Real"nikiga juda o‘xshash, shuning uchun Vinisius katta yuklama bilan qaytdi. Biz u borasidagi qarorni birozdan keyin qabul qilamiz", — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Joriy mavsumda Vinisius "Real" tarkibida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi. Shuningdek, vinger hisobida 13 ta golli uzatma ham bor.

4 aprel kuni "Real" safarda "Malyorka"ga qarshi bahs olib boradi. Ispaniya chempionatining 30-turi doirasidagi ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 14:45, 03.04.2026.
O'qildi: 1063 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик