Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

“CHelsi” doping tufayli chetlatilgan futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi

“CHelsi” doping tufayli chetlatilgan futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Londonning “Chelsi” klubi ukrainalik vinger Mixaylo Mudrik bilan shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazdi. Qizig‘i shundaki, futbolchi 2024 yil noyabridan beri doping mojarosi sababli maydonga tushmayapti va 18 oylik diskvalifikasiyani o‘tamoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Jurnalist Uill Folksning fikricha, bu Mudrikning maoshi oshganini anglatmaydi. Avvalroq klub u bilan shartnomani butunlay bekor qilmoqchi degan gaplar ham yurgan edi. Katta ehtimol bilan, “Chelsi” futbolchi bilan sudlashib o‘tirmaslik uchun o‘zaro kelishuvga erishgan va bu “yangi shartnoma” shunchaki klubning ichki hujjatlarini tartibga solish uchun kerak bo‘lgan. Mutaxassislar ushbu holatni juda g‘alati va sirli deb baholamoqda, chunki o‘yin amaliyotisiz qolgan va doping bilan tutilgan futbolchi bilan shartnomani yangilash kam kuzatiladigan holat.

Shunga qaramay, futbolchining o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda katta futbolga qaytishi haqida turli ishoralar bermoqda. Xususan, uning yangi yil oqshomidagi posti yaqin orada ijobiy yangiliklar bo‘lishidan darak bergan. L’Equipe nashrining yozishicha, Mudrik safga qaytganidan so‘ng formaga kirib olishi uchun Fransiyaning “Strasburg” klubiga ijaraga berilishi mumkin. U yerda Mixaylo sobiq jamoadoshi Ben Chiluell bilan birga to‘p surishi ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, Mixaylo Mudrik doping testidan o‘ta olmagani uchun vaqtincha futboldan chetlashtirilgan. 24 yoshli vinger “Chelsi” safida 2024 yil noyabridan beri maydonga tushmagan. Uning London klubi bilan shartnomasi 2021-yilning yozigacha amal qiladi. Klub uni 2023 yilda “Shaxtyor”dan 100 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:56, 03.04.2026.
O'qildi: 1329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик