Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ferran Torres La Ligada golli vaziyatlarni boy berish bo‘yicha «etakchi» bo‘ldi

Ferran Torres La Ligada golli vaziyatlarni boy berish bo‘yicha «etakchi» bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida gol urish uchun yaqqol imkoniyatlarni boy berish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

26 yoshli ispaniyalik futbolchi 19 ta «katta» imkoniyatdan foydalana olmadi — bu chempionatdagi eng yomon ko‘rsatkichdir, deb qayd etmoqda WhoScored nashri. Ikkinchi o‘rinda «Vilyarreal» a’zosi Jorj Mikautadze (18 ta) bormoqda, keyingi pog‘onani esa «Malyorka» hujumchisi Vedat Muriki (16 ta) egallab turibdi. Madridning «Real» klubi yulduzi Kilian Mbappe va «Barselona» hujumchisi Robert Levandovski 15 tadan aniq golli vaziyatni ko‘kka sovurgan holda to‘rtinchi o‘rinni bo‘lishib turishibdi.

La Liga to‘purarlar ro‘yxatida Ferran Torres 12 ta gol bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Eng yaxshi to‘purar esa Kilian Mbappe bo‘lib qolmoqda — uning hisobida 23 ta aniq zarba mavjud.

Kiritildi: 12:01, 04.04.2026.
O'qildi: 586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик