Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Talabgorlar turniri. Shaxmatchilar qancha mukofot puli ishlab topishi mumkin?

Talabgorlar turniri. Shaxmatchilar qancha mukofot puli ishlab topishi mumkin?

Baho:
+ | -

Kiprda o‘tkazilayotgan 2026-yilgi Nomzodlar turniri nafaqat shaxmat toji uchun yo‘llanma, balki katta sovrin jamg‘armasi bilan ham ahamiyatlidir. FIDE tomonidan tasdiqlangan rasmiy reglamentga ko‘ra, turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 700 ming yevroni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ shaxmatchilar o‘rtasida egallangan o‘rin va to‘plangan ochkolarga qarab taqsimlanadi.

Turnir yakuniga ko‘ra, kuchli uchlikka quyidagi miqdorda kafolatlangan mukofot pullari beriladi:

1-o‘rin uchun 70 ming yevro;
2-o‘rin uchun 45 ming yevro;
3-o‘rin egasi uchun 25 ming yevro.

Agar 14-tur yakunida shaxmatchilar bir xil ochko jamg‘argan bo‘lsa, sovrin pullari ular o‘rtasida teng taqsimlanadi. Bunda qo‘shimcha o‘tkaziladigan tay-breyk natijalari pul taqsimotiga ta’sir qilmaydi. Ya’ni 14-tur yakuniga ko‘ra Javohir Sindorov va Anish Giri bir xil — 9 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni bo‘lishib turishibdi. Reglament bo‘yicha 1-o‘rin uchun 70 ming yevro, 2-o‘rin uchun 45 ming yevro ajratilgan. Jami summa esa 115 ming yevroni tashkil qiladi. Shu vaziyatda, shaxmat toji uchun kim Gukesh bilan o‘ynashini aniqlash maqsadida tay-breyk o‘tkaziladi. Kimdir g‘alaba qozonadi, kimdir yutqazadi. Lekin pul masalasida tay-breyk natijasiga qaralmaydi. 115 ming yevro ikkala shaxmatchiga teng bo‘lib beriladi (har biriga 57 500 yevrodan).

Ushbu turnirning eng o‘ziga xos jihati shundaki, har bir ishtirokchi jamg‘argan har yarim ochkosi uchun alohida 5 ming yevro miqdorida bonus oladi. Masalan, ayni damda 6 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan Javohir Sindorov hozirning o‘zidayoq ochkolari hisobidan 60 ming yevro ishlab topgan. Agar u musobaqada g‘olib chiqsa, ushbu summa g‘oliblik uchun beriladigan 70 ming yevro bilan qo‘shilib, umumiy daromadi 130 ming yevrodan oshib ketishi mumkin.

Shuningdek, reglamentda qat’iy intizomiy choralar ham ko‘zda tutilgan. Masalan, o‘yin boshlanishiga kechikib kelgan shaxmatchining mukofot pulidan 500 yevro olib tashlanadi, 15 daqiqadan ko‘p kechikish esa texnik mag‘lubiyatga sabab bo‘ladi. Barcha mukofot pullari turnir yakunlangandan so‘ng olti hafta ichida shaxmatchilarning bank hisob-raqamlariga o‘tkazib berilishi belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:04, 06.04.2026.
O'qildi: 1627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик