Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Beshiktash» «Bavariya» himoyachisini sotib olishga yaqin

«Beshiktash» «Bavariya» himoyachisini sotib olishga yaqin

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Beshiktash» klubi Myunxenning «Bavariya» jamoasi safida to‘p surayotgan 32 yoshli portugaliyalik himoyachi Rafael Gerreyruni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Jurnalist va insayder Ekrem Konurning X ijtimoiy tarmog‘ida bergan ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda «Beshiktash» ushbu futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Turkiya klubi bosh murabbiyi Sergen Yalchin tarkibni tajribali va yuqori saviyali futbolchilar bilan kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Gerreyru yozgi transfer oynasida jamoaga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Himoyachining «Bavariya» bilan shartnomasi shu yilning iyun oyida yakuniga etadi. Bu esa «Beshiktash»ga uni erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi. Joriy mavsumda Gerreyru myunxenliklar safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 6 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:16, 07.04.2026.
O'qildi: 610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик