Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Ahmadaliyev, Halokov va Mullajonov professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi

Ahmadaliyev, Halokov va Mullajonov professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Toshkent shahridagi “Humo Arena”da boks Olimpiya chempionlari va jahon yulduzlari ishtirokida 2026 yil 29 may kuni yirik professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda Murodjon Ahmadaliyev, Abdumalik Halokov va Lazizbek Mullajonov ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

Mazkur turnir WBC Eurasia, O‘zbekiston professional boks federasiyasi va Lift Promotion hamkorligida o‘tkaziladi. Oqshom dasturidan o‘rin olgan janglar nafaqat reyting ochkolari uchun kurashni, balki ayrim vazn toifalarida WBC Eurasia chempionlik kamarlarini ham o‘z ichiga oladi.

Unda professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasi sobiq WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (14-2) venesuelalik Hegli Moskedaga (27-1) qarshi ringga ko‘tariladi.

Yana bir muhim jang ikki karra Olimpiya chempioni, kubalik Robeysi Ramires (17-3) hamda tojikistonlik mahoratli bokschi Asror Vohidov (13-1) o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Og‘ir vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari chempioni Lazizbek Mullajonov (7-0) WBC Eurasia chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi. Yana bir Olimpiada chempioni Abdumalik Halokov (2-0) ishtirokidagi bellashuv ham kechaning eng kutilgan janglaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Shu bilan birga, yarim og‘ir vaznda mag‘lubiyasiz seriya qayd etayotgan rossiyalik Ali Ismailov (13-0) ham WBC Eurasia kamari uchun bahs olib boradi.

Asosiy kard:
Murodjon Ahmadaliyev – Hegli Moskeda
Asror Vohidov – Robeysi Ramirez
Lazizbek Mullajonov – Luis Garsia
Abdumalik Halokov – Ramadan Iddi
Ali Ismailov – Frank Shagembe
Shohjahon Abdullayev – Denis Okoz
Anderkard:
Nurislom Ismoilov – Dulla Mbabe
Shohabbos Mahmudov – Asadbek Bekmirzayev

Shuningdek, ushbu boks oqshomida A’loxon Abdullayev, Nusratbek Tohirov va Abdulloh Madaminov ham ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot o‘rnida, WBC Eurasia 2025 yil dekabr oyida MDH va Qora dengiz mintaqasi boks byurosi negizida qayta tashkil etilgan bo‘lib, unga o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov rahbarlik qilib kelmoqda.

Janglarni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish maqsadida World Boxing Council (WBC) tomonidan Pet Fiakko nazoratchi sifatida tayinlangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:41, 07.04.2026.
O'qildi: 340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик