Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Dias: «Bavariya» yana kamida bitta gol urishi mumkin edi»

Dias: «Bavariya» yana kamida bitta gol urishi mumkin edi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» vingeri Luis Dias Chempionlar Ligasi 1/4 finalida «Real» ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

«O‘ylaymanki, biz o‘zimiz xohlagan natijaga erishdik, ammo maydonni yana kamida bitta gol urishimiz mumkin edi degan hissiyot bilan tark etmoqdamiz. Bizda vaziyatlardan foydalanish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Xatolarni tahlil qilishimiz va keyingi o‘yingacha ularni tuzatishimiz kerak.

Bu qiyin o‘yin bo‘ldi. «Real» o‘z uyida juda kuchli ekanligini bilardik. Ular yaxshi o‘yin o‘tkazishdi, ayniqsa birinchi bo‘limda. Har ikki jamoada vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda biz o‘yinni biroz ko‘proq nazorat qildik va o‘ylaymanki, agar imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda, uyga ancha qulayroq ustunlik bilan qaytgan bo‘lardik. Javob uchrashuviga tayyor bo‘lishimiz lozim.

Biz o‘zimizning eng yaxshi futbolimizni ko‘rsatishga harakat qilyapmiz. Har bir o‘yin har xil kechadi. Bizda ajoyib jamoa borligiga ishonchni saqlab qolish muhim va qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ishlashda davom etamiz», – dedi Dias.

Kiritildi: 15:15, 08.04.2026.
O'qildi: 573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик