Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Bu qarorlarning barchasi «An-Nasr» foydasiga»: Touni Saudiyadagi hakamlikni «rasvo» deb atadi

«Bu qarorlarning barchasi «An-Nasr» foydasiga»: Touni Saudiyadagi hakamlikni «rasvo» deb atadi

Baho:
+1 | -

«Al-Ahli» hujumchisi Ayven Touni Saudiya Arabistoni chempionati 29-turi doirasidagi «Al-Fayha»ga qarshi o‘yindan (1:1) so‘ng hakamlikdan qattiq norozi bo‘ldi.

O‘yin davomida «Al-Ahli» foydasiga uchta penalti belgilanmadi. Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, Touni qarorlar «An-Nasr»ga turnirda g‘olib chiqishga yordam berish uchun ularning foydasiga chiqarilmoqda deb hisoblaydi.

«Hal qiluvchi pallalarda bunday narsalarni qanday qilib e’tibordan chetda qoldirish yoki ularga ko‘z yumish mumkinligiga ishonish qiyin. Bu yerda qandaydir ta’sir borligi ko‘rinib turibdi.

Hakam VARni ko‘rayotgan paytda bizga boshqa turnirga e’tibor qaratishni aytishi — bu umuman aqlga sig‘maydigan holat.

Haqiqatni aytganim va shubhali qarorlar yoki rasvo hakamlikni ko‘rsatib berganim uchun, ehtimol, meni «yomon yigit» deb hisoblashar.

Keyingi safar, agar kerak bo‘lsa, o‘z mahallamdan futboldan umuman xabari yo‘q biror kishini taklif qilishim mumkin va u bu ishni anavi «klounlar»dan ko‘ra ancha yaxshiroq uddalaydi», — dedi Ayven Touni.

Hozirda «An-Nasr» 27 o‘yinda 70 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda «Al-Hilol» (28 o‘yinda 68 ochko), uchinchi o‘rinda esa «Al-Ahli» (28 o‘yinda 66 ochko) bormoqda.

Kiritildi: 13:03, 09.04.2026.
O'qildi: 2341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик