Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Lester»ning vaziyati yanada og‘irlashdi

«Lester»ning vaziyati yanada og‘irlashdi

Baho:
+ | -

«Lester» klubi moliyaviy qoidabuzarliklar sababli Chempionshipda jamoadan olti ochko olib tashlanishi borasidagi qaror ustidan qilgan apellyasiyasida yutqazdi, deb xabar bermoqda BBC.

Avvalroq, fevral oyida «tulkilar» 2023/2024 yilgi mavsum bilan yakunlangan uch yillik davr uchun ruxsat etilgan maksimal zarar miqdoridan oshib ketgani va moliyaviy hisobotlarni kechiktirib topshirgani uchun aybdor deb topilib, ulardan olti ochko olib tashlangani haqida xabar berilgan edi.

«Lester» moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun berilgan bu jazoni o‘ta qattiq deb hisoblab, apellyasiya bergan edi. Biroq Angliya Premyer-ligasi bunga javoban qarshi da’vo kiritib, aksincha, ushbu hukmni o‘ta yumshoq deb topdi.

Natijada, mustaqil komissiya olti ochkoni olib tashlash haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi — shu tariqa, «Lester» Chempionship turnir jadvalida oxiridan uchinchi o‘rinda qoldi.

Klub barcha musobaqalardagi oxirgi 12 o‘yinidan faqat bittasida g‘alaba qozondi va ketma-ket ikkinchi mavsumda pastki ligaga tushib ketish xavfi ostida turibdi.

Kiritildi: 13:11, 09.04.2026.
O'qildi: 1921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик