Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Eddi Xau Trippyerning «Nyukasl»dan ketishiga munosabat bildirdi

Eddi Xau Trippyerning «Nyukasl»dan ketishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau 35 yoshli himoyachi Kiran Trippyerning mavsum yakunida jamoani tark etishi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Avvalroq, futbolchi shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida klubdan ketishi ma’lum bo‘lgan edi.

«Kiran o‘zini professional darajada tutdi. U huzurimga keldi va biz ochiqchasiga gaplashib oldik. U o‘z kelajagini qanday tasavvur qilishi bo‘yicha aniq rejaga ega va biz buni hurmat qilamiz. Men uchun u faoliyatim davomida shug‘ullantirgan eng yaxshi futbolchilardan biri. U barqarorlik namunasidir», — deya Xauning so‘zlarini «qarg‘alar» matbuot xizmati keltirmoqda.

Trippyer 2022 yildan buyon «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda tajribali himoyachi barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:51, 10.04.2026.
O'qildi: 273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик