Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Asensio Arbeloa haqidagi so‘zlariga izoh berdi

Asensio Arbeloa haqidagi so‘zlariga izoh berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi Raul Asensio jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa haqida aytgan gaplari tufayli kelib chiqqan tushunmovchiliklarga nuqta qo‘yish maqsadida bayonot berdi.

Avvalroq, muxlislardan birining nima uchun oxirgi o‘yinlarda tarkibga kirmayotgani haqidagi savoliga Asensio: «Buni Arbeloadan so‘rashingiz kerak», deb javob bergan edi. Bu gap ijtimoiy tarmoqlarda murabbiy va futbolchi o‘rtasida nizo borligi haqidagi mish-mishlarni avj oldirdi.

«Nima uchun bundan bunchalik muammo yasayotganingizni tushunmayapman. Bosh murabbiy — o‘yin uchun mas’ul shaxs. Kimni maydonga tushirishni va kimni almashtirishni u hal qiladi. Men unga va jamoadoshlarimga nisbatan cheksiz hurmatdaman», — deb yozdi Asensio o‘zining X sahifasida.

Raul Asensio oxirgi marta 6 mart kuni La Liganing 27-turi doirasida «Selta»ga qarshi o‘yinda (2:1) maydonga tushgan va o‘shanda to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan edi.

Kiritildi: 15:39, 10.04.2026.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик