«Real» Maykl Olise transferi ustidagi ishlarni jadallashtirishi mumkin.
Insayder Kristian Falkning xabar berishicha, madridliklar prezidenti Florentino Peres «Bavariya» vingerini shundoq ham yozda sotib olmoqchi edi, kecha oqshom «Santyago Bernabeu»dagi o‘yindan so‘ng esa uning mahoratiga yana bir bor qoil qolgan. Ta’kidlanishicha, endi «Real» 24 yoshli futbolchini sotib olishni yanada qattiqroq xohlamoqda.
Ispaniya klubi 160 yoki 165 million yevro taklif qilish haqida o‘ylamoqda. Myunxenliklar esa o‘z yetakchilaridan birini hatto 200 million yevro evaziga ham qo‘yib yuborishni istamasliklarini bildirishgan.













