Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Lautaro Martinesning tiklanish muddati ma’lum bo‘ldi

Lautaro Martinesning tiklanish muddati ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines yana jarohat tufayli lazaretga yo‘l oldi. Milan klubi argentinalik futbolchining jarohati haqida xabar bergan bo‘lsa-da, uning taxminiy tiklanish muddatlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etmagan edi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Martinesning tiklanishi uchun taxminan 15-20 kun vaqt kerak bo‘ladi. Bu «Inter» sardori bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuborishini va safga oyning oxirida qaytishini anglatadi.

«Inter» o‘zining navbatdagi o‘yinini yakshanba kuni, 12 aprel kuni safarda «Komo»ga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning o‘tgan turida Martines «Roma»ga qarshi bahsda dubl qayd etgan edi. O‘sha o‘yingacha Lautaro jarohati sababli qariyb bir yarim oyni o‘tkazib yuborgandi.

Kiritildi: 21:33, 10.04.2026.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик