Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

«Al-Ahli» hakamlarni «An-Nasr»ga yordam berishda aybladi

«Al-Ahli» hakamlarni «An-Nasr»ga yordam berishda aybladi

Baho:
+ | -

«Al-Ahli» klubi hakamlar Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan «An-Nasr» jamoasiga yon bosayotgani va ularning Saudiya Arabistoni chempionatida g‘olib chiqishiga yordam berayotgani haqida gumon qilmoqda. Bu haqda Footmercato nashri ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.

Avvalroq «Al-Ahli» Pro-liganing 29-turi doirasidagi «Al-Feyxa»ga qarshi o‘yindagi (1:1) hakamlikni rasman qoralagan edi. Klubning ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida shunday deyiladi:

«Al-Ahli» 29-turdagi «Al-Feyxa» bilan o‘yinda natijaga ta’sir qilgan hakamlik xatolaridan chuqur norozilik bildiradi. Hakamning qarorlari o‘yin jarayoniga va jamoamizning chempionlik uchun kurashdagi mavqeiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Bunday xatolar hakamlarni tanlash jarayoni va qo‘llanilayotgan mezonlar borasida haqli xavotirlarni keltirib chiqarmoqda. Adolatsiz qarorlar musobaqa rivojiga hissa qo‘shmaydi va har qanday turnir asosida yotishi kerak bo‘lgan halol o‘yin prinsiplariga ziddir.

«Al-Ahli» rahbariyati hakamlar va VAR assistentlari o‘rtasidagi suhbat yozuvlarini, shuningdek, ularning futbolchilar bilan muloqotlarini taqdim etishni talab qilmoqda. Bundan tashqari, klub bahsli vaziyatlar bo‘yicha aniq tushuntirish berilishini so‘ragan.

Yakunda klub mutasaddi tashkilotlar Saudiya Pro-ligasi nufuzini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishiga ishonch bildirgan.

Hozirda «Al-Ahli» 66 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «An-Nasr» esa bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda 70 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 23:06, 10.04.2026.
O'qildi: 1000 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик