Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Lemar "Real" bilan durangni izohladi

Lemar "Real" bilan durangni izohladi

Baho:
+ | -

"Jirona" yarim himoyachisi Toma Lemar La Liganing 31-turi doirasida Madridning "Real" jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. 10 aprel kuni o‘tkazilgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Hisobida 38 ochko bo‘lgan "Jirona" turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda va yuqori divizionda qolishni deyarli naqd qilgan. Shunga qaramay, futbolchi mavsum yakuniga qadar ehtiyotkorlikni saqlashga chaqirdi.

"Men xursandman. Endi biz o‘yindan o‘yinga harakat qilamiz va 42 ochko jamg‘arishga intilamiz. Keyin esa voqealar rivojini kuzatamiz", — deya Lemarning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Shuningdek, u o‘zi tomonidan kiritilgan gol va o‘yin tizgini haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

"Zarba berishdan oldin bir oz kutdim va bu o‘z samarasini berdi. Birinchi bo‘lim biz uchun qiyinroq kechdi, ammo tanaffusdan keyin o‘yinimizni sezilarli darajada yaxshiladik. Biz asosiy e’tiborni to‘p nazoratiga qaratdik. Bu bizning uslubimiz va unga amal qilishda davom etishimiz kerak".

Lemar Madridning "Atletiko" klubidan ijaraga olingan holda "Jirona" sharafini himoya qilmoqda. 30 yoshli futbolchi joriy mavsumda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:28, 11.04.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик