Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Diyego Simeone: «Mag‘lubiyatga sabab «Barselona» bilan o‘yin emas»

Diyego Simeone: «Mag‘lubiyatga sabab «Barselona» bilan o‘yin emas»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoasining «Sevilya»ga qarshi o‘yindagi (1:2) muvaffaqiyatsizligiga izoh berdi.

Argentinalik mutaxassis asosiy tarkib yetakchilarining ko‘pchiligiga dam berishga qaror qilib, maydonga eksperimental tarkibni tushirdi. Ligada qolish uchun kurashayotgan raqib esa «matraschilar»ni jazoladi va uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Allaqachon seshanba kuni Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Atletiko» va «Barselona» o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yin madridliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

«Seshanba kungi o‘yin haqida o‘ylaganimiz uchun yutqazdikmi? Yo‘q, yo‘q. Biz «Sevilya» vaziyatlardan foydalanishda sovuqqonroq bo‘lgani uchun mag‘lub bo‘ldik. Bizning rejamiz bor, u har doim ham ish beravermasligi mumkin, lekin men undan voz kechmayman», — dedi Simeone matbuot anjumanida.

Kiritildi: 11:24, 12.04.2026.
O'qildi: 1339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик