Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Xyoness — «Bavariya» rekordi haqida: «Menga eng yoqadigani, bu o‘yinchilar to‘xtab qolishmayapti»

Xyoness — «Bavariya» rekordi haqida: «Menga eng yoqadigani, bu o‘yinchilar to‘xtab qolishmayapti»

Baho:
+ | -

«Bavariya» faxriy prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgan Uli Xyoness Myunxen klubining navbatdagi yutug‘iga izoh berdi. Yaqinda «Bavariya» bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha Germaniya chempionati rekordini yangiladi. Joriy mavsumning 29 ta o‘yinida myunxenliklar raqiblar darvozasini 105 marta ishg‘ol qilishdi.

«Oradan shuncha o‘n yilliklar o‘tib, bu jamoa bizning 101 ta goldan iborat rekordimizni yangilagani ko‘p narsadan dalolat beradi. Menga eng yoqadigan jihati shundaki, bu o‘yinchilar to‘xtab qolishmayapti — ular to‘rtinchi yoki beshinchi goldan keyin ham o‘ynashda davom etishmoqda», — deya Xyonessning so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Ayni damda Vensan Kompani shogirdlari Bundesliga turnir jadvalida 76 ochko bilan katta farq evaziga peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 14:43, 12.04.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик