«Bavariya»ning hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musiala Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvi oldidan o‘z kayfiyati bilan o‘rtoqlashdi.
«Bizning kayfiyatimiz har doim ijobiy bo‘lishi kerak. Ha, biz keyingi bosqichga o‘tamiz», — deya javob berdi Musiala shanba kuni «Sankt-Pauli» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan (5:0) so‘ng Sky Sport nashriga bergan intervyusida.
Myunxenliklar va «qaymoqranglilar» qarama-qarshiligi g‘olibi yarim finalda «Pari Sen-Jermen» yoki «Liverpul» jamoalaridan biri bilan o‘ynaydi.













