Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Noyer Nagelsmann sababli Germaniya terma jamoasida o‘ynashdan bosh tortgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Noyer Nagelsmann sababli Germaniya terma jamoasida o‘ynashdan bosh tortgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann tufayli Jahon chempionati uchun milliy jamoaga qaytishdan bosh tortayotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Bu shunchaki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biz «Bavariya»da birga ishlaganmiz; u mening murabbiyim edi. Yevropa chempionatida ham men uning darvozaboni edim. Munosabatlarimiz yomon emas, aksincha, bizning aloqalarimiz yaxshi. Tashqarida aytilayotgan gaplar uni ham, meni ham qiziqtirmaydi. Shuning uchun biz bu borada xotirjammiz.

Men Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etmayapman va bu jarayonning bir qismi emasman. Diqqat-e’tiborim «Bavariya»ga qaratilgan va buni bir necha bor ta’kidlaganman. Men shunchaki ushbu jamoaning bir bo‘lagi ekanligimdan zavqlanyapman. Oldimizda ko‘plab muhim va hal qiluvchi o‘yinlar turibdi, men jamoa bilan birgalikda ushbu lahzalardan bahra olishga harakat qilyapman», — dedi Noyer ZDF telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Yulian Nagelsmannning «Bavariya»dagi faoliyati davomida, 2023 yilda u va Manuel Noyer o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan edi. Bunga Noyerning yaqin do‘sti bo‘lgan darvozabonlar murabbiyi Toni Topalovichning ishdan bo‘shatilishi sabab bo‘lgandi.

Kiritildi: 16:11, 12.04.2026.
O'qildi: 568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик