Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kompani: «Bavariya» haqiqiy oilaga aylanishi uchun bor kuchimni sarflayapman»

Kompani: «Bavariya» haqiqiy oilaga aylanishi uchun bor kuchimni sarflayapman»

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliganing 29-turida «Sankt-Pauli» ustidan qozonilgan yirik g‘alaba (5:0) haqida fikr bildirdi. Ushbu o‘yinda myunxenliklar Bundesliga tarixida bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi.

«G‘alabalar hayotni doimo osonlashtirishini tushunaman, laqma emasman. O‘ylashimcha, jamoamiz haqiqiy oilaga aylanishi uchun bor kuchimizni ishga solyapmiz. Bugun biz baxtlimiz, lekin ishlarimiz u qadar yurishmagan paytlarda ham baxtli edik. Menimcha, hozirgi muvaffaqiyatlarimizning asl sababi ham shunda. Har doim ham bir xil asosiy tarkib bilan emas, balki hamma bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan raqobatbardosh jamoa bilan natijaga erishyapmiz», — deya Kompanining so‘zlarini keltirmoqda Myunxen klubi matbuot xizmati.

Chempionat yakuniga 5 tur qolganida «Bavariya» 76 ochko bilan Bundesligada peshqadamlik qilmoqda va Dortmundning «Borussiya» klubini 12 ochkoga ortda qoldirmoqda. Agar keyingi turda Vensan Kompani jamoasi dortmundliklardan ko‘proq ochko to‘plasa, muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin.

Kiritildi: 16:32, 12.04.2026.
O'qildi: 572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик