«Tottenxem» himoyachisi va darvozaboni APL doirasidagi «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda (0:1) bir-birlariga shikast yetkazib qo‘yishdi.
Kristian Romero va Antonin Kinski ikkinchi bo‘lim davomida o‘zaro to‘qnashib ketishdi. Chexiyalik darvozabonning boshi bog‘lab qo‘yildi va u o‘yinni darvozada davom ettirdi.

Romero esa, o‘z navbatida, uchrashuvni davom ettira olmadi. U ko‘z yoshlari bilan maydonni 70-daqiqada tark etdi. Argentinalik himoyachini Kevin Danso almashtirdi.













