Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Milan»: «Vahimaga o‘rin yo‘q»

«Milan»: «Vahimaga o‘rin yo‘q»

Baho:
+ | -

«Milan»ning fransuz yarim himoyachisi Adriyen Rabio klub duch kelgan qiyinchiliklarni tan oldi. Shanba kuni jamoa o‘z maydonida «Udineze»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib, o‘z muxlislarini qattiq xafa qildi.

«Muvaffaqiyatsizliklarga «Lasio»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyingi ruhiy zarba sabab bo‘ldimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Futbolchilar bunday vaziyatlarni yengib o‘tishni bilishlari kerak, mavsum davomida bunday holatlar uchrab turadi. Biz diqqatimizni jamlagan holda xotirjamlikni saqlashimiz va vahimaga berilmasligimiz lozim», — deya Rabioning so‘zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.

Fransuz futbolchisi o‘tgan yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda. Navbatdagi turda Massimiliano Allegri jamoasi «Verona»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 09:12, 13.04.2026.
O'qildi: 547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик