Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Barselona» «Atletiko» to‘sig‘idan o‘tishga tayyor — futbolchilar ikkita to‘p farqini yo‘q qilishmoqchi

«Barselona» «Atletiko» to‘sig‘idan o‘tishga tayyor — futbolchilar ikkita to‘p farqini yo‘q qilishmoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona» Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechadigan javob uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Ko‘k-anorranglilar» dastlabki bahsda 44-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib o‘ynashdi va «matraschilar»ga imkoniyatni boy berishdi (0:2). Marca nashrining xabar berishicha, Madriddagi hal qiluvchi o‘yin oldidan «Barselona» kiyinish xonasida o‘zgacha muhit hukm surmoqda — futbolchilar juda yuqori motivasiyaga ega va o‘z kuchlariga ishonishmoqda. Jamoa a’zolari ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqarib, yarim finalga yo‘l olishga qodirmiz, deb hisoblashmoqda.

Kataloniyaliklar uchun safarda kechadigan «Atletiko»ga qarshi bahs seshanba kuni, 14 aprelda bo‘lib o‘tadi. Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi yarim finalda Londonning «Arsenal» yoki Lissabonning «Sporting» jamoalaridan biri bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 11:46, 13.04.2026.
O'qildi: 1314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик