Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

Figu "Real"ning kambekiga ishonmoqda

Figu "Real"ning kambekiga ishonmoqda

Baho:
+1 | -2

«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Luish Figu Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi javob o‘yini oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qiyin o‘yin bo‘ladi. 1:2 hisobidan so‘ng vaziyatni o‘nglash murakkab, ammo agar buni amalga oshirish uchun buyuklik va yuqori sifatga ega jamoa mavjud bo‘lsa, bu — «Real».

Shu sababli, «Bernabeu»dagi noxush natija va ushbu turnir tarixiga qaramay, biz yarim finalga chiqa olishimizga ishonaman.

Samadorlik juda muhim, ayniqsa bunday o‘yinda. Bu safardagi bahs va birinchi o‘yindan so‘ng biz noqulay holatdamiz. Agar Vinisius va Mbappe gollar urishsa, ijobiy natijaga erishish ancha osonlashadi.

Biroq eng asosiysi — «Bavariya»ning hujumkor salohiyatini jilovlash. Biz to‘p yo‘qotishlardan qochishimiz va imkon qadar tezroq o‘yin nazoratini qo‘lga olishimiz kerak», — dedi Luish Figu.

Kiritildi: 18:07, 13.04.2026.
O'qildi: 1446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик