«Manchester Yunayted» APL 32-turidan so‘ng 3-o‘rinda qoldi.
Maykl Kerrik jamoasi «Lids»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan (1:2) keyin 55 ochko bilan qoldi. Xuddi shuncha ochkoga ega bo‘lgan «Aston Villa» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 4-o‘rinni egallab turibdi.
Mankunianliklar peshqadam «Arsenal»dan (70 ochko) 15 ochkoga ortda qolmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Siti» (64 ochko) bilan farq esa 9 ochkoni tashkil etadi.
18 aprel kuni «Yunayted» Angliya chempionatining 33-turi doirasida safarda «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.














