Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: Samvel Babayan jarimaga tortildi

Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: Samvel Babayan jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 10-aprel sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur sanagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida O‘zbekiston Superligasi hamda U21 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.


Superliga

«Mash’al» – «Bunyodkor»

Superliga 6-turi doirasidagi «Mash’al» – «Bunyodkor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 67-daqiqasida «Mash’al» futbol klubi futbolchisi Humoyun Murtozayev o‘yin to‘xtagan vaqtda raqib jamoa futbolchisining qorin qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Mash’al» futbol klubi futbolchisi Humoyun Murtozayevga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanilsin.


«Nasaf» – «Andijon»

Superliga 5-turi doirasidagi «Nasaf» – «Andijon» uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuv davomida «Nasaf» jamoasi vakili Alisher Turdiqulov uchrashuv rasmiylariga nisbatan qo‘pol muomala qilgani, haqoratli so‘zlar ishlatgani aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan «Nasaf» vakili Alisher Turdiqulovga nisbatan jarima intizomiy jazo qo‘llanilsin.


«Navbahor» – «Mash’al»

Uchrashuv tashkil etilishida bir qator kamchiliklar aniqlandi: tarkiblar o‘z vaqtida e’lon qilinmagan, ekranda o‘zgarishlar ko‘rsatilmagan, videoyozuv taqdim etilmagan.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 73 va 76-moddalariga asosan «Navbahor» klubiga jarima qo‘llanilsin.

Shuningdek, 52-daqiqada «Mash’al» futbolchisi Muhammadali Aliqulov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.

Qaror: jarima intizomiy jazo.


«Dinamo» – «So‘g‘diyona»

Uchrashuvda maxsus jihozlardan foydalanish bo‘yicha talablar buzilgan.

Qaror: «Dinamo» klubiga jarima.

Shuningdek, Jaloliddin Jumaboyev (90+2) vaqtni cho‘zgani uchun sariq kartochka olgan.

Qaror: jarima intizomiy jazo.


«Andijon» – «Navbahor»

«Andijon» bosh murabbiyi Samvel Babayan tomonidan hakamlarga nisbatan keskin e’tirozlar, maydonga chiqish, haqorat holatlari qayd etildi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 57, 61 va 63-moddalariga asosan Samvel Babayanga jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, 55-daqiqadagi e’tirozi uchun klubga ogohlantirish berildi.

«Navbahor» vakili Abdurauf G‘ulomov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan holda texnik hududda bo‘lgani uchun jazolandi.

Qaror: jarima va lisenziyasi bekor qilinsin.


«So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912»

Bir qator futbolchilar tomonidan vaqtni cho‘zish holatlari qayd etildi:
Shohrux Isoqov (70), Zoir Jo‘raboyev (81), Oybek Nurmatov (86), Shohrux G‘adoyev (90+1).

Qaror: barchasiga jarima intizomiy jazo.


«Xorazm» – «Dinamo»

Nikola Stoshich (90+4) vaqtni cho‘zgani uchun jazolandi.

Qaror: jarima.


«Surxon» – «Buxoro»

Davron Merganov (56) vaqtni cho‘zgani uchun jazolandi.

Qaror: jarima.


«Mash’al» – «Bunyodkor» (qo‘shimcha holat)

Vlatko Stoyanovski (90+3) hakam qaroriga e’tiroz bildirgan.

Qaror: jarima.


OKMK – «Surxon»

Dostonbek Tursunov (70) simulyasiya qilgani uchun sariq kartochka olgan.

Qaror: jarima.


«Neftchi» – «Paxtakor»

Paxtakor futbolchilari tomonidan vaqtni cho‘zish holatlari:
Rustam Turdimurodov (60), Sanjar Quvvatov (78), Bashar Resan (90+5).

Qaror: barchasiga jarima intizomiy jazo.


U-21 chempionati

OKMK U21 – «Surxon» U21

Asrorbek Otaxonov (76) raqibga zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Qaror: 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya.


Shuningdek, «Neftchi» – «Paxtakor» hamda «Qo‘qon-1912» – «Nasaf» uchrashuvlarida yuzaga kelgan holatlar hozirda qo‘mita tomonidan qo‘shimcha o‘rganilmoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:08, 14.04.2026.
O'qildi: 1473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик