Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tarixiy natija! Javohir Sindarov — FIDE Nomzodlar turniri g‘olibi!

Tarixiy natija! Javohir Sindarov — FIDE Nomzodlar turniri g‘olibi!

Baho:
+5 | -

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Kiprda o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Nomzodlar turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 20 yoshli Sindarov uchun turnir muvaffaqiyatli bo‘ldi. 13-turda Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, niderlandiyalik Anish Giriga qarshi dona surdi.

Ushbu bahs 57-yurishda durang natija bilan yakunlandi. Mazkur ko‘rsatkich evaziga Javohir turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Ayni paytda Sindarov 9,5 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. U eng yaqin ta’qibchisi Anish Giri bilan 2 ochkolik farqni saqlab qoldi va turnir yakunlanishiga bir tur qolganda chempionlikni rasmiylashtirdi. Sindarov so‘nggi, 14-turda xitoylik Vey-Yi bilan bahs yuritadi.

Umuman olganda, o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida ilk bor Nomzodlar turnirida qatnashayotgan Sindarov musobaqani mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda. U ortda qolgan turlarda Andrey Yesipenko, Rameshbabu Pragnanandha (ikki marta), Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va Vey Yi kabi kuchli grossmeysterlar ustidan g‘alaba qozondi.

14 turdan iborat musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 700 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Javohir Sindarov 15 aprelga qadar davom etadigan mazkur turnir g‘olibi sifatida amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Turnir sanasi va manzili FIDE tomonidan e’lon qilinadi.

Shuningdek, Sindarov live reytingda 2775,5 ochko jamg‘arib, dunyoning 5-raqamli shaxmatchisiga ham aylandi. Undan yuqorida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov (2780), Fabiano Karuana (2784,9), Hikaru Nakamura (2794,1) va Magnus Karlsen (2840) joylashgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:47, 14.04.2026.
O'qildi: 1933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик