Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l olgan to‘rt jamoadan dastlabki ikkitasi ma’lum bo‘ldi.
«PSJ» chorak finalda «Liverpul»ni ikki bor bir xil — 2:0 hisobida mag‘lub etdi va keyingi bosqichda «Real» — «Bavariya» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
«Atletiko» esa «Barselona» to‘sig‘idan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi: dastlabki o‘yinda 2:0 hisobida zafar quchgan madridliklar, javob bahsida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Endi ular yarim finalda «Arsenal» yoki «Sporting» jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushishadi.













