Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Barselona» rahbariyati tushkunlikka tushgan jamoani qo‘llab-quvvatladi

«Barselona» rahbariyati tushkunlikka tushgan jamoani qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Chempionlar ligasi chorak finali doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan javob uchrashuvidan so‘ng jamoa kiyinish xonasiga kirdi.

2:1 hisobidagi g‘alaba «ko‘k-anorranglilar» uchun yarim finalga chiqishga kifoya qilmadi, chunki dastlabki bahsda «matraschilar» 2:0 hisobida zafar quchishgan edi. Barca Universal nashrining xabar berishicha, o‘yin yakunlangach, Laporta jamoaga tasalli berish uchun zudlik bilan kiyinish xonasiga yo‘l olgan. Klub rahbariga sport direktori Deku ham hamrohlik qildi. Futbolchilar ham, bosh murabbiy Xans-Diter Flik ham juda tushkun holatda edilar.

«Barselona» 2015 yildan buyon Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmayapti. O‘tgan mavsumda Flik kataloniyaliklarni yarim finalga qadar boshlab borgan edi.

Kiritildi: 09:00, 15.04.2026.
O'qildi: 1511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик