Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

«Arsenal» Xulian Alvaresni sotib olish uchun ikki futbolchisini sotishga tayyor

«Arsenal» Xulian Alvaresni sotib olish uchun ikki futbolchisini sotishga tayyor

Baho:
+ | -

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares «Arsenal»ning qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Ekrem Konurning ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar argentinalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun shu yozda birdaniga ikki o‘yinchisini sotib yuborishga tayyor.

Gap Kay Xavers va Gabriel Jezus haqida ketmoqda. Shu tariqa «kanonirlar» Alvaresning 120 million yevroga baholanayotgan potensial transferini moliyalashtirmoqchi.

Xulian Alvares 2024 yilda «Manchester Siti»dan «Atletiko»ga 75 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi «matraschilar» safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:38, 15.04.2026.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик