Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Uchta top-klub «Tottenxem» yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Uchta top-klub «Tottenxem» yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Tottenxem» a’zosi Pap Matar Sarr faoliyatini boshqa grand jamoada davom ettirishi mumkin. CaughtOffside nashrining xabariga ko‘ra, 23 yoshli senegallik futbolchiga «Real», «PSJ» va «Bavariya» klublari qiziqmoqda.

«Shporlar» yarim himoyachini shu yozda sotishga tayyor, biroq uning transferidan kamida 50 million funt sterling ishlab olmoqchi. Sarrning londonliklar bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Pap Matar Sarr joriy mavsumda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta assist qayd etgan. Transfermarkt uni 32 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:10, 16.04.2026.
O'qildi: 762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик