Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

"Inter" prezidenti Kivuning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

"Inter" prezidenti Kivuning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi prezidenti Juzeppe Marotta Kristian Kivu kelasi mavsumda ham jamoani boshqarishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.

«Kivu, albatta, qoladi. U biz bilan birga bo‘ladi. U Yevropadagi eng yaxshi istiqbolli murabbiylardan biridir», — deya funksionerning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Jurnalistning ta’kidlashicha, ayni damda klub rahbariyati Kivu bilan yangi shartnoma bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

45 yoshli ruminiyalik mutaxassis o‘tgan yozda «Inter» boshqaruvini qo‘lga olgan va ikki mavsumga mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan edi.

32 turdan so‘ng «neradzurri» 75 ochko jamg‘argan holda Italiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 16:39, 16.04.2026.
O'qildi: 357 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик