«Liverpul» Yugo Ekitikening axill paylari uzilganini tasdiqladi.
Hujumchi seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi chorak finalining «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvida (0:2) birinchi bo‘limda jarohat olgan edi. Ekitike 32-daqiqada zaxiraga olingandi.
Bugun «Liverpul» tibbiy ko‘rik natijalari axill payi uzilganini tasdiqlaganini ma’lum qildi. Shu tariqa, Ekitike mersisaydliklarning joriy mavsumdagi qolgan o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi va JCH-2026 turnirida ishtirok eta olmaydi.













