Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Madueke «Manchester Siti» bilan o‘yinga tayyor bo‘lishi mumkin

Madueke «Manchester Siti» bilan o‘yinga tayyor bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

«Arsenal» vingeri Noni Madueke, katta ehtimol bilan, yakshanba kuni «Manchester Siti»ga qarshi bo‘ladigan bahsga tayyor bo‘ladi. Bu haqda jurnalist Saymon Kollinz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida «Sporting»ga qarshi kechgan o‘yinda (0:0) Madueke to‘qnashuvdan so‘ng maydonni shifokorlar yordamida tark etgan edi.

Manbaning yozishicha, «Arsenal»da Maduekening yakshanba kungi «Manchester Siti» bilan o‘yinga tayyor bo‘lishi imkoniyatlarini optimistik baholashmoqda. Dastlabki tashxis uning jiddiy jarohat olmaganini, balki shunchaki son qismidan qattiq zarb yegani oqibatlarini his qilayotganini ko‘rsatdi.

Bukayo Saka yo‘qligida Madueke — Mikel Arteta uchun hujumning o‘ng qanotidagi asosiy tanlov bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 08:39, 17.04.2026.
O'qildi: 518 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик