Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xoland Bernardu Silvaning ketishiga munosabat bildirdi

Xoland Bernardu Silvaning ketishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland jamoa yarim himoyachisi Bernardu Silvaning ketishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avvalroq portugaliyalik futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng «Manchester Siti»ni tark etishini ma’lum qilgan edi.

«Bernardu, ehtimol, men birga o‘ynagan eng aqlli futbolchidir. Uning so‘nggi to‘qqiz yil ichida «Manchester Siti»dagi faoliyati haqida gapiradigan bo‘lsak, bu shunchaki aql bovar qilmas darajada bo‘ldi. U olti marta Premyer-liga chempioni bo‘ldi, Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Trebl qayd etilgan yilda uning klub uchun naqadar muhim bo‘lganiga bir qarang», — deya Xolandning so‘zlarini keltiradi Sky Sports News.

Norvegiyalik hujumchi Silva so‘nggi yillarda «Manchester Siti» uchun eng muhim figura bo‘lganini va ushbu klubning shakllanishiga bevosita hissa qo‘shganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Joriy mavsumda 31 yoshli Silva barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:26, 17.04.2026.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик