Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Men uchun eng chiroyli gol bu — eng muhim gol» (video)

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Men uchun eng chiroyli gol bu — eng muhim gol» (video)

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqovning ikkita goli Samarqandda "temiryo‘lchilar"ga uch ochko taqdim etdi. E’tiborlisi, uzoqdan urilgan gol O‘zPFL tomonidan 7-turning "eng chiroyli goli" deb topildi.

Albatta, bunday e’tirof "Lokomotiv" muxlislarini quvontirmay qo‘ymaydi. Shu munosabat bilan klub matbuot xizmati Temurxo‘janing fikrlari bilan qiziqdi.

"Dinamo" bilan kechgan bahs haqida
— Qo‘lga kiritilgan muhim g‘alaba bilan barcha "Lokomotiv" muxlislarini tabriklayman. O‘yin juda ajoyib kechdi. Samarqandda futbol o‘ynaydigan ikkita jamoa o‘zaro kurash olib bordi. Zerikarli futbol bizga ham yoqmaydi. Ishqibozlar qancha ko‘p kelsa, biz uchun shuncha yaxshi.

Urgan gollari haqida
— Gollarimni jamoaviy mehnat mahsuli deb hisoblayman. Bu o‘rinda hech kimni alohida ko‘rsatmoqchi emasman. Hamma o‘z ishini qildi va gollar urildi. Birinchi golda darvozabon oldinga chiqib ketganini ko‘rdim va tavakkal zarba berdim. O‘ylagan rejam amalga oshganidan xursandman.

Zarba berganimdan so‘ng to‘p havoga ko‘tarilib tushdi va kirmasa kerak deb o‘yladim. Chunki to‘p to‘g‘ri bormadi, aylanib bordi, shunaqa kirmasa kerak degan xayol o‘tdi. Darvoza ustuniga tegsa kerak deb o‘yladim. Yaxshiyamki, gol bo‘ldi. Ikkinchi golni yerlatib urdim. Avvalgi o‘yinlarda ham shunday zarba bergandim, lekin o‘xshamagandi. Nima deysiz, nasib qilgani bo‘ladi.

Eng chiroyli gol haqida
— Buni faoliyatimdagi eng chiroyli gol demagan bo‘lardim. Avval ham muxlislarga yoqadigan gollar ko‘p urganman. Lekin natija beradigan har bir gol men uchun chiroyli. 2016 yil O‘zbekiston Kubogi finalida "Nasaf"ga — o‘sha o‘yin ham Samarqanddagi shu stadionda kechgandi — undan keyin Dubayda "Al Nasr" darvozasiga kiritgan bosh bilan gol, "Al Ittihod" darvozasiga urilgan penalti, "Sepaxon"ga uyda urgan golim — shular ham muhim gollar qatoriga kiradi.

Dastlabki 7 ta tur bo‘yicha xulosa
— Bizga hujumda barqarorlik yetishmayapti. Ba’zi o‘yinlarda vaziyatlardan foydalana olmadik. Gol ursak, o‘zimizga yaxshi. Mashg‘ulotlarda buning ustida ishlayapmiz. Hujumni yakunlashda shaxsan o‘zimda muammolar bor, shuni to‘g‘rilashga harakat qilyapman. Natijalarimiz bundan yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi, lekin shukur qilamiz. Nasib qilsa, yo‘qotilgan ochkolarni keyingi bellashuvlarda qaytarib olamiz.

Ketma-ket o‘yinlar haqida
— Zo‘r bo‘lyapti, menga juda yoqyapti. Esingizda bo‘lsa, avvallari har seshanba Osiyo chempionlar ligasida, shanba kuni Superligada o‘yinlar o‘tkazardik. Juda ajoyib bo‘lardi. Hozir ham har to‘rtinchi-beshinchi kunda maydonga tushish zo‘r bo‘lyapti.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:45, 17.04.2026.
O'qildi: 914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик