Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Superliga. OKMK Olmaliqda «Buxoro»ni mag‘lub etdi

Superliga. OKMK Olmaliqda «Buxoro»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Superliganing 8-turida Olmaliqning OKMK jamoasi o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qildi va tomoshabop hamda dramatik ruhda kechgan bahsda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv juda faol va hujumkor ruhda boshlandi. Ilk daqiqalardanoq ikki jamoa ham ochiq futbol namoyish etdi. 5-daqiqada maydon egalari hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi — burchak to‘pidan so‘ng yuzaga kelgan vaziyatda Siavash Haqnazariy to‘pni darvozaga joylab, hisobni ochdi.

Oradan ko‘p o‘tmay, 12-daqiqada Mirjamol Qosimov jarima zarbasini aniq ijro etib, ustunlikni ikki baravarga oshirdi — 2:0.

Biroq mehmonlar tezda o‘yinga qaytishdi. 29-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pdan keyin Sherzod Esanov hisobni qisqartirdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, o‘sha Esanov yana bir bor gol urib, hisobni tenglashtirdi — 2:2. VAR tekshiruvidan so‘ng gol inobatga olindi va birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi taymda OKMK tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakat qildi. Bir qator xavfli vaziyatlar yaratilganiga qaramay, uzoq vaqt gol urilmadi. Nihoyat, 77-daqiqada Nodirbek Abdurazzoqov havodagi uzatmadan so‘ng boshi bilan aniq zarba yo‘llab, jamoasini yana oldinga olib chiqdi — 3:2.

Qolgan daqiqalarda maydon egalari ustunlikni saqlab qolishga erishdi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. OKMK ushbu g‘alaba evaziga o‘z ochkolarini 11 taga yetkazib, jadvalda 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston Superligasi, 8-tur
17 aprel 2026 yil. Olmaliq
OKMK — «Buxoro» 3:2 (2:2)
Gollar: Siavash Haqnazariy 5 (1:0), Mirjamol Qosimov 12 (2:0), Sherzod Esanov 29 (2:1), Sherzod Esanov 34 (2:2), Nodirbek Abdurazzoqov 77 (3:2)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:56, 17.04.2026.
O'qildi: 919 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик