«Inter» himoyachisi Stefan de Vrey Italiya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Kalyari» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng, klub bilan yangi shartnoma imzolash borasida hali bir qarorga kelmaganini ta’kidladi.
«Birinchi navbatda, men maydonda bor kuchimni berishga harakat qilyapman. Shartnomam muddati tugab bormoqda, ammo hali yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q. Qaror qabul qilish uchun hali vaqt bor», — deya klub matbuot xizmati de Vreyning so‘zlarini keltirmoqda.
«Inter» 78 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Kalyari» esa 33 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.













