Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tare: «Allegrining «Milan» bilan uzoq muddatli shartnomasi bor»

Tare: «Allegrining «Milan» bilan uzoq muddatli shartnomasi bor»

Baho:
+ | -

So‘nggi haftalarda Italiya matbuoti «Milan» murabbiyi Massimiliano Allegrining kelajagini Italiya terma jamoasi bilan bog‘lamoqda. Shuningdek, mutaxassis klub tuzilmasidagi ba’zi jihatlardan unchalik mamnun emasligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi, bu esa uning hozirgi ish joyida qolishiga yordam bermaydigan omil sifatida ko‘rilmoqda.

«Menimcha, hozir bu haqda gapirish befoyda, biz bor e’tiborimizni asosiy maqsadimiz — Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishga qaratishimiz kerak. Bu klubning kelajagi va strategiyasi uchun juda katta ahamiyatga ega», — dedi «Milan» sport direktori Igle Tare DAZN jurnalistlarining savollariga javoban.

«Allegri bu mavsumda juda yaxshi ishladi, uning juda uzoq muddatli shartnomasi bor. Biz u bilan kelajakni rejalashtirish ustida ishlayapmiz», — deya ta’kidladi Tare.

Hozirda «Milan» 63 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 19:37, 19.04.2026.
O'qildi: 513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик