Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya. «Milan» «Verona»ni mag‘lub etib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

A Seriya. «Milan» «Verona»ni mag‘lub etib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

Baho:
+ | -

«Milan» Italiya chempionatining 33-turida safarda «Verona»dan ustun keldi — 1:0. Uchrashuv «Markantonio Bentegodi» stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yindagi yagona gol 41-daqiqada Adriyen Rabyo tomonidan kiritildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Milan» 66 ochko jamg‘ardi va Seriya A turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga «Napoli»ni (66 ochko) ortda qoldirdi. Italiya chempionatida «Inter» 78 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

«Verona» ketma-ket beshinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi va Seriya Ada so‘nggi, 20-o‘rinni egallab turibdi.

Kelgusi turda «Milan» 26 aprel kuni «Yuventus»ni qabul qiladi, «Verona» esa 25 aprelda «Lechche» bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 20:36, 19.04.2026.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик