Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Nima uchun Leau «Barsa»ga o‘tishi kerak? Italiyalik ekspert asosiy sababni aytdi

Nima uchun Leau «Barsa»ga o‘tishi kerak? Italiyalik ekspert asosiy sababni aytdi

Baho:
+ | -

Italiyalik jurnalist Juzeppe Pastore Kataloniyaning «Barselona» klubini Rafael Leau uchun ideal jamoa deb hisoblaydi.

«Menimcha, «Barselona»ning o‘yin uslubini inobatga olsak, bu klub Leau uchun ayni muddao. U yerda uning zimmasiga himoyalanish vazifalari yuklanmaydi, chunki «Barselona» uchun himoya birinchi darajali maqsad emas. Men bunday variantga qiziqish bilan qaragan bo‘lardim», — deya Juzeppe Pastorening so‘zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, tomonlarning bir-biriga bo‘lgan qiziqishi haqidagi mish-mishlar anchadan beri yuribdi. Italiyada esa Rafael Leau aynan «himoyalanishni yoqtirmasligi» uchun tez-tez tanqid qilinadi. Portugaliyalik futbolchi 2019 yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 09:01, 20.04.2026.
O'qildi: 1328 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик