Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Luis Dias — 2004/2005 yilgi mavsumdan beri «Bavariya»da 13+ gol va 13+ assist qayd etgan ilk futbolchi

Luis Dias — 2004/2005 yilgi mavsumdan beri «Bavariya»da 13+ gol va 13+ assist qayd etgan ilk futbolchi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Luis Dias 2004/2005 yilgi mavsumdan (statistik ma’lumotlar yig‘ila boshlagandan beri) buyon Bundesliganing bir mavsumida kamida 13 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan klubning ilk futbolchisiga aylandi. Joriy mavsumda kolumbiyalik futbolchi hisobida 15 ta gol va 16 ta assist mavjud.

Shuningdek, u Yevropaning kuchli beshlik ligalarida 2025/2026 yilgi mavsumda bunday ko‘rsatkichga erishgan yagona o‘yinchi bo‘lib turibdi. Bu haqdagi ma’lumotlarni OptaFranz X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Myunxenning «Bavariya» klubi Bundesliganing 30-turida «Shtutgart» ustidan qozonilgan g‘alabadan (4:2) so‘ng 79 ochko bilan muddatidan oldin Germaniya chempioniga aylandi. Bu myunxenliklar uchun tarixdagi 35-chempionlik bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Luis Dias 2025 yilning iyul oyida 75 million yevro evaziga «Liverpul»dan «Bavariya»ga o‘tgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 14:27, 20.04.2026.
O'qildi: 577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик