Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Hakimiy Endrik bilan bo‘lgan mojaroga izoh berdi

Hakimiy Endrik bilan bo‘lgan mojaroga izoh berdi

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimiy Fransiya chempionati 30-turi doirasida «Lion»ga qarshi o‘yindagi (1:2) mag‘lubiyatdan so‘ng raqib hujumchisi Endrik bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik haqida gapirdi.

O‘yinning yettinchi daqiqasida «Lion»ning braziliyalik hujumchisi hisobni ochdi. Biroq golning o‘zidan ko‘ra uning nishonlanishi ko‘proq diqqatni tortdi: Endrik parijliklarning ultras-muxlislari qarshisida raqs ijro etdi. Bu harakat mezbon muxlislarning kuchli hushtaklariga sabab bo‘ldi va stadiondagi vaziyatni keskinlashtirdi. Ashraf Hakimiyga bu ishora yoqmadi va u gol nishonlanganidan so‘ng Endrikka yaqinlashib, o‘z noroziligini bildirdi.

«Nima uchun Endrikka xotirjamlikni saqlashini aytdim? Biz raqib o‘yinchilariga chalg‘ib qolmasligimiz kerak. Men jamoam diqqatini o‘yinda saqlab qolishini va u bizning muxlislarimizga tegadigan harakatlarni to‘xtatishini xohladim. U shunchaki futbol o‘ynasin — chunki u juda iqtidorli futbolchi. Ammo u o‘yinga aloqasi bo‘lmagan ishlarni qilsa, ayniqsa biz mag‘lubiyatga uchrayotgan vaziyatda, bu mening g‘azabimni keltiradi», — deya Hakimiyning so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Kiritildi: 16:02, 20.04.2026.
O'qildi: 798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик