Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya 4-0 Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya 0-0 Eron
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston

Rud Gullit: "Real" individual iste’dodga tayanadi"

Rud Gullit: "Real" individual iste’dodga tayanadi"

Baho:
+ | -

«Milan» va «Chelsi» klublarining sobiq yulduzi Rud Gullit Ispaniya grandlarining joriy mavsumdagi natijalari va o‘yin uslublari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Gullit Madridning «Real» klubi ikkinchi mavsumni sovrinsiz yakunlayotganiga to‘xtalar ekan, jamoa o‘yinidagi o‘zgarishlarni qayd etdi:

— Ilgari «Real» ancha jipslashgan holda o‘yin ko‘rsatardi, hozir esa ular ko‘proq individual mahoratga tayanib qolishgandek. To‘g‘ri, futbolchilarning texnikasi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori, biroq ular maydonda ko‘proq mehnat qiladigan raqiblarga duch kelganda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda, — dedi mutaxassis.

Shuningdek, sobiq futbolchi «Barselona» va «Atletiko Madrid» jamoalarining o‘yin uslubini taqqoslab o‘tdi:

— «Barselona» hujumkor futbol o‘ynaydi, ammo himoyada ko‘p bo‘sh joy qoldiradi va raqiblar bundan unumli foydalanmoqda. «Atletiko» esa aksincha, kuchli raqiblarga moslashish borasida ustasi farang. Ular ba’zan raqibdan kuchsizroq ko‘rinsa-da, g‘alabani ilib ketishadi. Biroq Ispaniya Kubogi finalida «Atletiko» o‘zi kabi ehtiyotkor futbol o‘ynaydigan jamoaga («Real Sosyedad») mag‘lub bo‘ldi. Futbol doim ham adolatli emas, — deya ta’kidladi Gullit.

Kiritildi: 18:44, 20.04.2026.
O'qildi: 1143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик