Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Noyer chempionlik sovrinlari bo‘yicha Myullerga yetib oldi

Noyer chempionlik sovrinlari bo‘yicha Myullerga yetib oldi

Baho:
+ | -

19 aprel kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Bavariya» «Shtutgart»ni mag‘lub etdi (4:2) va muddatidan oldin Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba Myunxen jamoasi darvozaboni Manuel Noyerga chempionlik sovrinlari soni bo‘yicha sobiq jamoadoshi Tomas Myullerga yetib olish imkonini berdi. Endi har ikki futbolchi hisobida 13 tadan chempionlik tituli bor, deb xabar bermoqda Bundesliga matbuot xizmati.

Manuel Noyer 2011 yilning iyulida «Bavariya»ga o‘tgan edi. Uning debyut mavsumi sovrinsiz yakunlangan, shundan so‘ng u ketma-ket 11 ta chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi.

2024 yilda Xabi Alonso boshqaruvidagi «Bayer» «Bavariya»ni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallagan edi, biroq keyingi ikkita chempionlikni yana myunxenliklar o‘zlariniki qilishdi.

Tomas Myuller 2024-25 yilgi mavsum yakunida «Bavariya»ni tark etgan va hozirda MLS’da «Vankuver Uaytkeps» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Noyerning «Bavariya» bilan shartnomasi esa joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 19:25, 20.04.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик