Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

100 ming muxlis «Real Sosyedad»ning kubogini nishonladi

100 ming muxlis «Real Sosyedad»ning kubogini nishonladi

Baho:
+ | -

20 aprel kuni San-Sebastyan ko‘chalariga qariyb 100 ming kishi yig‘ilib, Ispaniya Kubogidagi g‘alabadan so‘ng «Real Sosyedad» jamoasini tantanali ravishda kutib oldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Bayram tadbirlari shahar markazidagi ratusha binosi oldida boshlandi, so‘ngra ochiq avtobus kubokni «Anoeta» stadioniga qadar olib bordi.

Tantananing eng yorqin lahzalaridan biri jamoa bosh murabbiyi Pellegrino Matarrassoning zavqlangan olomon oldida bask tilida nutq so‘zlashi bo‘ldi.

Bayram tadbiriga Mikel Oyyarsabal va himoyachi Aris Elustondo boshchilik qilishdi. Bu ikki faxriy futbolchi 2021 yilda ham Kubokni qo‘lga kiritishgan, biroq o‘shanda pandemiya sababli g‘alabani muxlislar bilan birga nishonlash imkoniga ega bo‘lishmagan edi.

Elustondo muxlislarga qarata, Oyyarsabal «Real Sosyedad»da sodir bo‘layotgan barcha ezgu ishlar uchun eng katta mas’ul shaxs ekanini aytdi. Kapitan ham unga munosib javob qaytardi. «U hatto maydonga tushmaydigan kunlarida ham xuddi asosiy tarkibda tushgandek tabassum bilan keladi, bu esa kiyinish xonasida juda muhim», — dedi Oyyarsabal. Bu so‘zlardan Elustondoning ko‘zlariga yosh keldi.

Ratusha oldida 40 ming kishi to‘plangan bo‘lsa, yana 60 ming kishi avtobus harakatlangan yo‘nalish bo‘ylab saf tortdi. Ma’lumot uchun, shahar aholisi 190 ming kishini, butun Gipuskoa mintaqasi aholisi esa 700 ming kishini tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Kubogi finalida «Real Sosyedad» «Atletiko Madrid»ni mag‘lub etgan edi (asosiy vaqt 2:2, penaltilar bo‘yicha 4:3).

Kiritildi: 11:45, 21.04.2026.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик